Xorazm viloyati, Shovot tumani Ipakchi mahallasi

blog
  • O'qituvchilarga
  • 4-09-2024, 16:58

E-maktab.uz kundalik

Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi

Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.

✅ Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:

🟢 s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
🟢 dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
🟢 k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
🟢 kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
🟢 ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
🟢 q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
🟢 ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

✅ Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

🟢 s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

✳️ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug‘i (https://t.me/uqituvchiga_hujjat/1714).

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Ipakchi mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@www.shovot29-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi

Maktab manzili