
Vazir H.Umarova Xorazm viloyatiga tashrifi davomida faoliyati qoniqarli bo'lmagan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini chuqur o'rganmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ularni Davlat hamda investitsiya dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish va yangidan qurish loyihalariga kiritishdir.
📍Navbatdagi tashrif manzili Urganch shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabi hamda 35-DMTT bo'ldi. 13-maktab binosi 1963-yilda qurilgan. Tashrif davomida:
➖ Maktab binosining holati ko'zdan kechirildi;
➖ O'quvchilar bilan ta’lim olish jarayonlari haqida suhbat olib borildi.
❗️6,4 gektar maydonda joylashgan ushbu maktabning katta qismi ayni paytda qarovsiz holda ekanligi vazir tomonidan tanqid ostiga olindi. Vazir aholiga qulay sharoitlarni yaratish hamda ta'lim tizimida klaster yo'nalishini kengaytirish maqsadida bo'sh turgan yerlarda DXSH asosida MTTlar barpo etish taklifini ilgari surdi.
✅Faoliyatni yaxshilash maqsadida qator takliflar berildi, jumladan, vazir klaster tizimini joriy etishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Mas’ul xodimlarga vazifalar yuklandi.
🔺Maktabning bugungi kundagi koeffitsienti qoniqarli bo‘lmaganligi uchun 72 ballda baholandi. Ma'lumot uchun, ta'lim darajasini baholash toifalariga ko'ra, maktablarga 4 toifada ball beriladi:
🔸ta'lim darajasi eng past - 56,7 balldan past;
🔸 past - 56,7 balldan 75,5 ballgacha;
🔸 qoniqarli - 75,6 balldan 94,4 ballgacha;
🔶 yaxshi maktablar - 94,5 balldan yuqori.
📍Keyingi tashrif obyekti 35-DMTT 140 o‘ringa mo'ljallangan bo'lib, 1986-yilda qurilgan. O'tgan davr mobaynida biror marta kapital ta’mirlanmagan.
❗️Maktabgacha ta’lim tashkilotining holati qoniqarsiz, bolalar yotoqxonalarida issiqlik ta'minoti yetarli darajada emasligi alohida ta’kidlandi. Mas'ullarga DMTTni rekonstruksiya qilish uchun o'rnatilgan tartibda murojaat qilish topshirig'i berildi.