
Ustozlarni ko‘p ulug‘laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o‘ylab ko‘r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o‘chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo‘lma hech.
Bilsang faqat u seni o‘ylar,
Тo‘g‘ri yo‘lga — bilimga yo‘llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko‘p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.
Ona tili va adabiyotchilarga
Onlaynga boğlab hayotni
Yotladdingiz she'ru hayotni
Órgandik til-adabiyotni
Tazimdamiz ustoz muallim!
Matematiklarga
Dunyo hisobini topmas siz yòq magar,
Har kasbga yetar edi million zarar,
Yaxshiyamki,karra,karra jadvali bor,
Har davlatning hisobida gullar bahor,
Ustozlarim,bayram tongi sharaf bòlsin,
Ming kvadrat maosh sizlar taraf bòlsin!
Tarixchilarga
Òtmish bilan kelajakka vositasiz,
Goho million yilga bir zumda yetasiz,
Goh bobolar janggohiga bir mòralab,
Yana bir zumda kelajakka yetasiz,
Tarixchilar,shodlik aro mangu bòling,
Tabrigimiz chin yurakdan qabul qiling!
Geografiya
Tabiatu,toģu toshdan sirlar terib,
Goh vulqonga,goh daryoga ta'rif berib.
Ekvatordan ma'lumotlar keltiradi
Garmselning qanotida bir zum yelib,
Ustoz tonggi havodek beģubor bòling,
Bugun bayram,aziz umri bahor bòling!
Inglizlarga
Dunyo maydoniga choģlab òģil qizni
Ilm osmoniga chorlab asta bizni
Hali kunlar kelar mehnatingiz sabab
Qoyil qoldiramiz xitoyu inglizni.
Bugun shodlik yarashadi,òynang,kuling,
Aziz ustozlarim tashvish kòrmay yuring!
Rus tili ustozlarga
Rus tiliga mehrimizni ulab bergan,
Lermontovning boģlaridan chechak tergan.
Pushkin yana Turgenevning ijodiga
Yuksak baho bilan nafis ta'rif bergan.
Rus tili ustozlarimga aylay ta'zim,
Sizga bòlsin bugun barcha shirin sòzim!
Kimyo biologiya ustozlariga
Kimyo oltin,biologiya keraklarim,
Bilib oldim qay tomonda yuraklarim.
Moddalardan yaralganim oshkor bòldi
Endi ayon nedan soģlom bilaklarim
Tabiatga oshno qilgan ustozlarim!
Bayram tongi sizga bòlsin dil rozlarim!
Fiziklarga
Fizikasiz tòlmas edi dunyo ichi
Nyutonda qolar edi dunyo òchi
Om Qonunin bilmay òtar edi odam,
Ucharmidik gar bòlmasa tortish kuchi.
Fizikadan bermoqdasiz bizga ta'lim,
Bayram muborak bòlsin,aziz muallim.
Kompyuterchi ustozga
Kompyuterga oshno qilib qòydi bizni
Va raqamli shaharlarga tikib kòzni
Bugun texnologida ilģor bòlib
Istagan chet elingizda kòring òzni
Informatika ustoz ,bayram sizga bòlsin
Har boshlagan ishingizda omad kulsin!
Huquqshunoslarga
Haqqingni top ,deya bizga bonglar urgan,
Tarozining pallasida adl turgan
Qonun,Qur'on talablarin aziz etib
Xalq nomidan haqiqatni kòzlab yurgan
Huquqshunos ustozlarim,omon bòling,
Bayram oni baxt - quvonchi osmon bòling!
Boshlang'ichlarga
So'qir ko'zlar gavhariga nurlar bergan,
Tushida ham bolajonlar yuzin ko'rgan,
Eng azizlik maqomini olib yurgan,
Ustozlarim, bayram Sizga qutlug' bo'lsin,
Har bir bosgan qadamingiz gulga to'lsin!
Jismoniy tarbiya ustozlariga
Sport bilan yashaydigan, qalbi sog'lom,
Sizlar bilan kuchga to'lar butun olam,
Shu fan uchun tomdan tashlar mening bolam,
Bayramingiz qutlug' bo'lsin, ustozjonlar,
Hayotingiz qurshab olsin go'zal onlar!
CHQBT ustozlariga
Siz -maktabning ko'ksi qalqon qo'mondoni,
Qo'yday yuvosh bolalarning eng yomoni,
Tabrigimni qabul qiling, keldi oni,
Harbiylikni yosh dillarga quygan ustoz,
Bayram bilan barchangizni etay e'zoz!
Tasviriy san'at ustozlariga
Nafislikni jo etasiz so'zingizga,
Hamma narsa bitta asar ko'zingizga,
Qalam bilan haykal qo'yib o'zingizga,
Kashf etasiz buyuk -buyuk behzodlarni,
Qutlay bugun Sizday ko'ngli obodlarni!
Texnologiya ustozlariga
Bolalarga o'rfatasiz chin hayotni,
She'r aytmagan iplar bilan tikar otni,
Taom bilan ko'nglin olar yetti yotning,
Mehnatingiz uchun Sizni aylay e'zoz,
Bayram bilan tabriklayman, aziz ustoz!
Rahbariyatga
To'rt insonga bosh bo'lmoqlik hech osonmas,
Maktabini boshqalarga hech ishonmas,
Joni uning mingdan oshiq, bitta jonmas,
Ustozlarning tog'larisiz, omon bo'ling,
Bayram bilan tabriklayman, zavqqa to'ling!
Ishchi -xodimlarga
Maktabimiz go'zalligi siz tufayli,
Orastalik, obodlik ham siz tufayli,
Bolalarga odob bering, koying, mayli,
Bayram bilan, Ishchi -xodim, farroshlarim,
Mehnatingiz ajrin ko'ring, quyoshlarim!МЕН УСТОЗМАН...
Шовқинли синфда бир қучоқ бола...
Ҳатто кирганимни билмай қолишар.
Кимдир кўриб қолар тўсатдан, шу он
Бари ўз жойига туриб олишар.
Қўллари кўксида, жўровоз бўлиб,
Ўттиз бола бирдай беради салом.
Ўттизта фаришта соғлик тиласа,
Борми менга бундан ортиқ эҳтиром.
Бир қучоқ дафтарни босиб кўксимга,
Қуриган лабларим пичирлар секин.
Бирма-бир қарайман, ўттизта тақдир
Тушунаман менинг қўлимдалигин.
Илм чашмасига ташна юраклар
Қаршимда термулар, менга умидвор.
Ўзингга минг шукр, ўзинг мадад бер,
Мени устоз қилган эй Парвардигор.
- Салом, ўтиринглар, дарсни бошлаймиз.
Навбатчи ким?
Ҳамма дарсга тайёрми?
Дафтар-китобларни олинглар. Қани!
Ҳамма 100 фоизми?! Ҳамма ҳушёрми?! -
Дея одимлайман қатор оралаб,
Кўздан кечираман шошмай, бирма-бир.
Камига камчилик излайман атай,
Эътиборим найза, нигоҳим шамшир.
- Мен, Давлетов Лочин бугун навбатчи,
Дарсга ҳамма тайёр. Биз ўтган дарсда..... -
Дея бошланади қизғин жараён,
Киришиб кетади ҳамма бирпасда.
Аста варақлайман синф журналин,
Кимлар илинади бугун қармоққа?!
Сув қуйгандек жимлик чўкади яна,
Қани, ким тутилар экан сўроққа?!
Ким қўлини баланд кўтарган, аммо
Кимдир ердан уза олмайди нигоҳ.
Уйга вазифани бажармаган-да,
Қилиб қўйган, ахир, энг оғир гуноҳ.
Ниҳоят, ғалвирни кўтариб сувдан,
Қозонда борини олиб чўмичга.
Доскага ёзаман кун, сана, мавзу,
Бутун маҳоратим соламан ишга.
Қўлимда бўр: - Янги мавзу қийинроқ,
Диққат қилмасангиз, доғда қоласиз, -
Дея огоҳликка қиламан даъват,
- Йўқса, яна икки баҳо оласиз.
Дарс тугар, синфдан чиқаман базўр,
Шу он эшитилар бир таниш овоз.
Дейди бир шогирдим ортимдан келиб,
- Мен сиздай муаллим бўламан, устоз!!!
Қандай бахт! Етти қат осмон пойимда.
10 йилга яшариб кетаман шу дам.
- Насиб, омадингни берсин, - дейман-у,
Барча чарчоқларим топади барҳам.
Қиммат машиналар минолмам балки,
Тилла узук учун эмас қўлларим.
Қўш қаватли уйлар кирмас тушга ҳам,
Аммо жаннат томон бошлар йўлларим.
Пардоз учун фурсат қаёқда дейсиз,
Канда бўлар ҳатто тўйлар, ҳашамлар.
Менинг умрим ўтар шу зайл, бироқ
Билмадим, одамлар қандай яшарлар.
Ҳар оқшом ёстиғим ёнида китоб,
Кино, сериаллар қолади бўзлаб.
Кимда нима ҳасрат, нима ташвиш, ғам,
Яшаяпман фақат эртани кўзлаб.
Мактаб, дарс, болалар - умрим мазмуни,
Таълим-тарбиядир касбим, одатим.
Ўқитувчи бўлиб туғилгандекман,
Вазирдан кам эмас асло ҳурматим.
Қўллари кўксида, тавозе билан
Шогирдларим менга беришар салом.
Фариштадай соғлик тилаб туришса,
Борми бундан ортиқ ҳурмат-эҳтиром.💐💐💐💐💐
КЕЛАЁТГАН БАЙРАМИНГИЗ БИЛАН АЗИЗ ХАМКАСБЛАРИМ.