Xorazm viloyati, Shovot tumani Ipakchi mahallasi

blog
  • Maktablarga e'lonlar
  • 25-06-2025, 16:28

MUSTAQILLIK DARSI

Barcha tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-264-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya va namunaviy ssenariyga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Salom bog‘cha”, umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari va “Mustaqillik dars” larini tashkil etilishini ta’minlashingiz hamda tadbirlar davomida quyidagilarga e’tibor qaratishingiz talab etiladi: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy yilning 4-sentabr kuni “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Salom bogʻcha” bayram tadbirlarini hamda “O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusida ta’limiy tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy yilning 4-sentabr kuni “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini hamda “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish; o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini 1- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazish (o‘quvchilar soni va tadbir o‘tish joyini hisobga olib, qolgan sinf o‘quvchilarini ham tadbirga jalb etish mumkin); tadbirni maktab hovlisi, bog‘i, soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkazish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda maktab hududiga avtotransport vositalarini kiritmaslik choralarini ko‘rish; tadbirni chiroyli, ko‘tarinki ruhda, bayramona o‘tkazilishida joylardagi mahalliy hokimliklar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish; tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar vakillarini taklif etish; tadbir davomiyligini 45 daqiqadan ko‘p o‘tkazmaslik; 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni mahalliy hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari va ota-onalar ishtirokida topshirish; “Mustaqillik darslari”ni mehnat faxriylari, faxriy o‘qituvchilar, davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shaxslar va taniqli sportchilar ishtirokida tashkil etish. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlashingiz hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni boshqarmaning Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish sho‘basiga taqdim qilishingiz so‘raladi. ilova __ varaqda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari I.Yakubova

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Ipakchi mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@www.shovot29-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi

Maktab manzili