Xorazm viloyati, Shovot tumani Ipakchi mahallasi

blog


Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga davlatimiz rahbarining sovg‘alarini taqdim etish an’anaga aylangan. Bu yilgi bayram sovg‘alari shu kunlarda joylarga yetkazilmoqda.

Kecha xorazmlik bolajonlarga atalgan sovg‘alar Urganch xalqaro aeroportida Qorbobo va Qorqiz hamrohligida viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Mazkur sovg‘alar viloyatdagi 316 nafar oilaviy bolalar uylari, SOS-bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan chin yetim bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga beriladi.

Sovg‘alar viloyatimizda bo‘lib o‘tadigan "Prezident archasi" bayram tadbirlarida bolajonlarga topshiriladi.

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 turdagi o‘quv qurollari, smart soat, dars magnit taxtasi va 12 yoshdan kattalar uchun planshet kiritilgan.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Ipakchi mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot29-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili